Toshkentda issiqlik tizimi tariflari qimmatlashadi

Iqtisodiyot 17:02 / 22.10.2015 4500

«Toshkent IEM» aksionerlik jamiyati 2015 yilning 7 noyabridan boshlab iste'molchilarga taqdim etilayotgan issiqlik quvvati uchun tariflar o‘zgartirilishini ma'lum qildi.
Unga binoan, I guruhlar uchun foydalanilgan 1 Gkal energiya uchun tarif QQS bilan hisoblanganda 52586 so‘mni tashkil etadi.

II guruhlar uchun esa 1 Gkal energiya 39254 so‘mdan (QQS bilan hisoblanganda) iborat bo‘ladi. Yangi qaror kuchga kirishi munosabati bilan 2015 yil 15 maydagi №19-03-22-05-O'zR-44-2015 reyestri o‘z kuchini yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarorini imzolangan edi.

Unga ko‘ra, 2015 yil 22 oktabrdan boshlab ijtimoiy soha obektlarida sinov tariqasida isitishga, turar joy binolari esa 23 oktabrdan muntazam isitilishga kirishiladi.

Mazkur tariflar ulgurji iste'molchilar tomonidan iste'mol qilingan 1 Gkal issiqlik energiyasiga oid.

Manba: gazeta.uz

Ko‘proq yangiliklar: