Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi bojxona punktlari modernizatsiya qilinadi

Iqtisodiyot 11:35 / 22.10.2015 2513

Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi bojxona punktlari modernizatsiya qilinadi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda. Qozog‘istonning 11 avtomobil postlarining yangilanishi va ta'minoti keyingi yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Namunali punkt Moskvada o‘tgan “Bojxona xizmati” ko‘rgazmasida namoyish etildi. Qozog‘iston namoyish etgan avtomatlashtirilgan kompleksning qo‘llanilishi inson omilidan qochib, ko‘rikni 4 martaga tezroq o‘tkazish imkonini beradi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, bu yaqin istiqbolda to‘lovlarning kelishini 30 foizga, keyinchalik esa 50 foizga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: