Hindistonning Bajaj Qute modeli Rossiyada Ravon Matiz’ning o‘rnini egallay olmaydi

Iqtisodiyot 10:01 / 22.10.2015 11072

“Dunyodagi eng arzon avtomobil” maqomiga da'vogarlik qilayotgan Hindistonning Bajaj Qute modeli Rossiya bozorida Ravon Matiz’ning o‘rnini egallay olmaydi.

Wroom.ru resursining yozishicha, East-West Motors kompaniyasi 2016 yilda mikroavtomobilni Rossiyaga 3.9 ming dollar (250 ming rubl) narxida yetkazishni rejalashtirmoqda. “Misol uchun, kamtarona “Matiz” bugun 314 ming rubl, ammo “Bajaj” bilan qiyoslaganda O‘zbekistonning xetchbeki hatto muhtasham ko‘rinadi.

Hamma gap Hindiston mashinasining o‘ta ibtidoiylashtirilgan va arzonlashtirilgan konstruksiyasida. Mashina “Smart”dan bor-yo‘g‘i bir necha sm ga uzunroq, lekin 4 o‘ringa ega, tabiiyki, uning saloni juda tor. Bundan tashqari, mashinada pech, to‘laqonli yukxona yo‘q, salon o‘ta sodda ishlangan.

Bu mashina uchun Rossiyada 250 ming rubl to‘lashni xohlaydigan ko‘plab xaridorlar topilishi dargumon”, - deb yozadi tahlilchi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, 2015 yilda Matiz shahar mashinalari ichida “Rossiyada yil avtomobili” nomini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: