Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan sigirlardan 10tasi Rossiyada YTH tufayli jon berdi

Iqtisodiyot 08:20 / 22.10.2015 5764

Rossiyaning Tambov viloyatining Tambov tumani hududida "DAF" avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Ma'lum bo‘lishicha bu yuk mashinasida Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 31ta zotdor sigir bo‘lgan.

Rossiya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetiga ag‘darilgan. Mahalliy veterinarlar sigirlardan 10tasining jonini saqlab qola olishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: