O‘zbekiston yengil sanoati 2019 yilga qadar 1 mlrd dollar investitsiya o‘zlashtiradi

Iqtisodiyot 18:07 / 21.10.2015 4643

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari 2019 yil oxiriga qadar 2015-2019 yillarda tekstil va yengil sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 1 mlrd dollardan oshadigan investitsion loyihalarning 80 foizini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Ularning realizatsiyasi paxta tolasining mamlakat ichida qayta ishlanishini ishlab chiqarishning umumiy hajmiga nisbatan 70 foizga ko‘tarish hamda tekstil sanoati eksport salohiyatini 1.8 barobarga oshirishga yordam beradi.

Eng yirik loyihalar qatorida LT Textile Cooperaties U.A kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yillik quvvati 22 ming tonna aralash yigiruv va 5 mln m matodan iborat tekstil ishlab chiqarishining tashkil qilinishi, Singapurga tegishli “Indorama Qo‘qon tekstil” xorijiy korxonasida quvvati 12 ming tonna bo‘lgan kompakt paxta yigirish ishlab chiqarishining to‘rtinchi navbatini yaratish, “Bostanlik Plasteks” MChJ qoshida yillik quvvati 9 ming tonna paxta yigirish mahsulotlari ishlab chiqarishga yetadigan tekstil ishlab chiqarishining tashqil qilinishi, “Hazarasp tekstil” MChJ ishlab chiqarishining kengaytirilishi, Andijon viloyatida Nanyang M&F textile Co Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatining “Bobur” AJda yigiruv va mato ishlab chiqarilishining tashkil qilinishini aytish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: