O‘zbekistonda avtoturargohlarda faqatgina nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus joylar tashkil etiladi. Bu haqda 14 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda nogironlar jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi konsultativ uchrashuv chog‘ida ma'lum qilindi.
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilishga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish choralarini amalga oshirish, nogironlarning to‘sqinliklarsiz harakat qilishlarini ta'minlash maqsadida kelgusida respublikamizdagi barcha avtoturargohlarda nogironlar uchun mo‘ljallangan o‘rinlarni ajratish bo‘yicha vazirlik mutasaddilariga asoslangan takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan jamoat transportlarida bekatlar nomlarini oldindan e'lon qilish tartibini o‘rnatish bo‘yicha taklif ishlab chiqilmoqda. Bu asosan ko‘zi ojiz yo‘lovchilarga katta qulaylik tug‘diradi.