Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi
«Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «Online mahalla» platformasida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
2025 yil 1 iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.
Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman va shaharlardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulot yetishtirish uchun qamrab olinadi.
2025 yil 10 aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.
2025 yil 20 aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.
2025 yil 1 maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan «yashil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.
Bundan tashqari, «bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog‘, tokzor, anorzor, gulchilik va ko‘chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo‘yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?
O‘zbekiston | 19:53
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
Mavzuga oid

18:24 / 18.04.2025
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

17:04 / 14.03.2025