Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi
Fransiya sudi «Milliy birlik» partiyasi rahbari Marin Le Penni Yevropa Ittifoqining 474 ming yevro mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda aybdor deb topdi va uni besh yilga saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum etdi.

Foto: ecfr.eu
Mazkur jinoyat ishi doirasida yana 20 nafar kishi — deputatlar va yordamchilar ham aybdor deb topilgan.
Sud Le Penga to‘rt yillik qamoq jazosini tayinladi, shundan ikki yili shartli. Qolgan ikki yil davomida u elektron bilguzuk taqib yuradi. Shuningdek, unga 100 ming yevro jarima ham solindi.
Bu qaror uni 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan mahrum qiladi.
Le Pen sud qarorini «siyosiy o‘ch olish», deb atadi va hukm e’lon qilinishi oldidan sud zalini tark etdi. Oddiy holda apellyatsiya tugamagunicha jazo kuchga kirmaydi, ammo bu gal sud saylovda ishtirok etishni taqiqlashni darhol amalga oshirishga qaror qildi. Reuters xabariga ko‘ra, agar apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasa, muxolifat yetakchisi 5 yil davomida davlat lavozimlariga saylana olmaydi.
So‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Le Pen prezidentlik poygasida 34–37 foiz qo‘llab-quvvatlovga ega edi.
Hukmga qaramay, Le Pen o‘z siyosiy faoliyatini to‘xtatmasligini bildirdi. «Men taslim bo‘lmayman. Menga qarshi siyosiy qaror qabul qilindi», — dedi u TF1 telekanalida. U 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishga umid qilmoqda.
Le Pen sudni «avtoritar rejimlarcha ish tutganlikda» aybladi. So‘rovlarga ko‘ra, u saylovda asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi mumkin. Unga Italiya, Vengriya va Niderlandiyadan siyosiy qo‘llab-quvvatlash bildirildi.
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar Marin Le Penni sud hukmi orqali prezidentlik poygasidan chetlatilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlariga chaqirmoqda.
Uning siyosiy hamrohi Jordan Bardella hukmni demokratiyaga hujum deb atab, fransuzlarni g‘azabini ko‘rsatishga chaqirdi. Hozir bu borada jamoatchilik fikri ikkiga bo‘lingan. Shanba-yakshanba kunlari Fransiya bo‘ylab ommaviy namoyishlar o‘tishi kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

17:42 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

21:07 / 01.04.2025