Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi
Aleksandr Stubb va Donald Tramp AQSh va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Mavzulardan biri AQShning Arktikadagi ta’sirini kuchaytirish uchun muzyorar kemalar sotib olishi bo‘ldi.

Foto: REUTERS / U.S. Coast Guard / Charly Hengen
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29 mart, shanba kuni Floridada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan norasmiy tarzda uchrashuv o‘tkazdi. Ikki davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, Ukrainadagi urushni muhokama qildi hamda golf o‘ynadi. Uchrashuv Amerika yetakchisiga tegishli Trump International Golf Club golf klubida bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarning muhim mavzularidan biri Arktikadagi ta’sirini kuchaytirish uchun AQSh tomonidan kutilayotgan muzyorar kemalarni sotib olish bo‘ldi. «Prezident Stubb va men Qo‘shma Shtatlar va Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni, jumladan, Qo‘shma Shtatlar uchun juda zarur bo‘lgan ko‘plab muzyorar kemalarni sotib olish va ishlab chiqilishini intiqlik bilan kutamiz, bu bizning mamlakatlarimiz va butun dunyo uchun tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlaydi», — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social platformasida.
Trampning Stubb bilan uchrashuvi AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Shimoliy Yevropada Finlandiyaning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Daniya avtonom hududi bo‘lgan Grenlandiyadagi Pituffik AQSh harbiy bazasiga tashrif buyurganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. Vens Daniyani Grenlandiyani yetarlicha himoya qila olmaganlikda aybladi. Agar AQSh Grenlandiyaga qiziqish bildirmasa, mintaqadagi ishtirokini kengaytirayotgan Rossiya va Xitoy buni qiladi, dedi u.
Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vensning qirollik Grenlandiya xalqi uchun yaxshi ish qilmagani va Arktika mintaqasi xavfsizligiga juda kam sarmoya kiritgani bo‘yicha ayblovini rad etdi. Xavfsizlik masalasida Daniya «amerikaliklar bilan kecha-yu kunduz hamkorlik qilishga» tayyor, deb ta’kidladi Frederiksen 29 martga o‘tar kechasi.
Mavzuga oid

21:30 / 15.04.2025
«Uyda yolg‘iz 2» filmi rejissyori Trampning qasosidan qo‘rqishini aytdi

20:35 / 15.04.2025
«Millionlab qurbonlar – uch kishi tufayli» – Tramp Ukrainadagi urushda Putinni ham aybladi

09:05 / 15.04.2025
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

08:22 / 15.04.2025