O‘zbekiston | 13:40 / 28.03.2025
3387
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Qibray tumanidagi xonadondan 1,1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Toshkent viloyati Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on” QFY hududidagi xonadon ko‘zdan kechirilganida noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro E.N. ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan O‘zbekiston hududida sotish, tashish, saqlash va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan tibbiyot buyumlarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik 25 turdagi 16 780 dona tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid