Sport | 11:54 / 28.03.2025
2370
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishi mumkin.

Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi o‘tkaziladi.

Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilmoqda.

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishi mumkin.

Bunda:

1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;
2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;
3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid