Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Videodan kadr
Unda, Sariosiyo tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Uzun tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 82 kg 478 gr “opiy” moddasini olib, mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining noturar binosiga yashirib qo‘ymoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u 2 ming AQSh dollari xizmat haqi evaziga, tojikistonlik narkosavdogarning ko‘rsatmasiga asosan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida belgilangan joyga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.
DXX va IIV xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” tarzida joylashtirayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, u o‘z qaynonasining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilganligi aniqlanib, tintuv tergov harakatlari davomida ushbu manzildan 9 kg 450 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bundan tashqari, mazkur fuqaro tomonidan mijozlarga sotish maqsadida xufiya joylarga qoldirilgan jami 595 gr “Mefedron” moddasi ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa holatda esa Rossiyadan xalqaro pochta jo‘natmalari orqali boshqa tovar nomi ostida plastik idishda yuborilgan 7 kg 313 gr sintetik kannabinoid analogi bo‘lgan 5-Fluro-ADB giyohvand moddasini qabul qilib olganlarida Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2 nafar shaxs DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, ular WhatsApp messenjeri orqali tanishgan noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 AQSh dollari evaziga ushbu ajal og‘usini Toshkent shahridan Samarqand viloyatiga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Samarqand viloyatida qabul qilib olgan vaqtlarida Past Darg‘om tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro ham ushlandi.
Ulardan birining Samarqand shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025