Fan-texnika | 17:47 / 26.03.2025
5244
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integratsiya qilindi

Sun’iy intellekt chatbotini faqat Premium foydalanuvchilar ishlata oladi.

Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok neyron tarmog‘i endi Telegram'da ham mavjud. Bu haqda milliarderning o‘zi ma’lum qildi.

Sun’iy intellekt chatbotini faqat Premium foydalanuvchilar ishlata oladi. Neyrotarmoqni @GrokAI nomi bilan topish mumkin.

Grok 2023 yil noyabrida ishlab chiqilgan va Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga integratsiya qilingan. Dastlab, sun’iy intellekt faqat oyiga $16 turadigan pullik Premium+ obunasi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud edi. 2024 yil aprel oyidan boshlab, Grok oyiga $8 narxli Premium obunasi foydalanuvchilari uchun ham ochildi.

Ilon Mask 2023 yil iyul oyida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha xAI kompaniyasiga asos soldi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya X, Tesla va boshqa kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Mavzuga oid