Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Ayolning ahvoli og‘ir va kerakli mutaxassislar nazorati ostida ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida ayol mashinalarga quyiladigan qariyb 2 litr antifriz suyuqligini ichib yubordi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, poytaxtdagi shifoxonalarning birida mashinaga quyiladigan zaharli «antifriz» suyuqligini ichib yuborgan ayol og‘ir ahvolda yotqizilgan. Unga darhol birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Ayol nima uchun zaharli antifrizni ichgani haqida ma’lumot berilmadi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, ayolning ahvoli og‘ir va kerakli mutaxassislar nazorati ostida.
Ta’kidlanishicha, zaharli suyuqliklarni ichish o‘tkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Agar kerakli yordam vaqtida ko‘rsatilmasa, o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid

23:27 / 28.03.2025
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

15:11 / 26.03.2025