Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
30 mart kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning bir qator ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 30 mart soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning bir qator ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlar transportlar harakati uchun yopiladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani
«To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li—Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani
«Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani
«Islomobod» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha;
«Do‘stjonboy» masjidi oldidagi Sag‘bon — Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li-Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
«Xo‘ja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
«Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani
«Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
«Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
«Minor» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY – Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani
«Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani
«Nurul Islom» masjidi oldidagi TXAY-Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY-Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
«Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
«Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

13:11 / 14.07.2025