O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida hukumatlararo bitimni imzolaydi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Serbiyaga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi vakillari o‘rin oldi.
Tashrif doirasida Serbiya mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy masalalar vaziri Nemanya Starovich, Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Nikola Stoyanovich va Serbiya Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Vladan Zagrajanin bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar chog‘ida tashqi mehnat migratsiyasi, viza tartibini soddalashtirish, shuningdek, Serbiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ishlab chiqish hamda imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, har ikki tomon uchun qulay vaqtda ikki davlat konsullik-huquqiy departamentlari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xususan, ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

21:52 / 22.03.2025
AQSh bir kunda har biri besh million dollardan mingta «oltin karta» sotdi

20:24 / 22.03.2025
AQShda minglab federal agentlar migrantlarga qarshi kurashga yuborildi

16:25 / 21.03.2025
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi

12:27 / 20.03.2025