Malayziya O‘zbekistonda dronlarda innovatsion xizmatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ushbu mamlakatning Aerodyne Group kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Kamarul Muhamed bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Kompaniya dron xizmatlarida innovatsion yondashuv va sun’iy intellekt dasturlaridan samarali foydalaniladi. Shu boisdan, dunyodagi dronlar bozorini o‘rganish va tahlil qilish markazi tomonidan (Drone Industry Insighs) 2021-2023 yillarda Aerodyne dron xizmatlarini taqdim etuvchi eng yaxshi kompaniya sifatida e’tirof etilgan.
Kamarul Muhamedning aytishicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida uchuvchisiz qurilmalar xizmatlarini ko‘rsatish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud.
Malayziya tomoni dastlabki bosqichda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun uchuvchisiz apparatlar xizmatini yo‘lga qo‘yish va keyinchalik O‘zbekiston sharoiti uchun mos bo‘lgan zamonaviy dronlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, kompaniya rahbari mahalliy hamkor bilan birgalikda dronlarni boshqarish va ularning dasturiy ta’minoti bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlovchi trening markazini ishga tushirishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid

12:41 / 21.03.2025
Mer: Odessa va oblastga dronlar hujum qildi

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

12:08 / 15.03.2025
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi mumkin

11:41 / 12.03.2025