Mer: Odessa va oblastga dronlar hujum qildi
Odessa va Odessa oblastiga dronlar tomonidan hujum qilindi, deya xabar berdi rasmiylar. Sumi oblasti va Zaporijjya rayoniga ham hujumlar uyushtirildi.

Foto: State Emergency Service of Ukraine in the Odesa/REUTERS
Odessa va Odessa oblastiga uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) tomonidan hujum qilindi. Bu haqda 20 mart, payshanba kuni shahar meri Gennadiy Truxanov Telegramʼda ma’lum qildi.
Odessa chekkasiga hujum uyushtirildi. Fuqarolik infratuzilmasi va savdo obektlari yonmoqda, avtomobillar shikastlangan, jabrlanganlar bor.
Odessa oblasti harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Kiperning so‘zlariga ko‘ra, uch kishi, jumladan, voyaga yetmaganlar ham jabrlangan.
Fuqarolik infratuzilmasi, xususan, ko‘p qavatli turar joy binosi, savdo markazi va do‘konlar zarar ko‘rgan. Uchta joyda kuchli yong‘in kuzatilmoqda. Kiperning ta’kidlashicha, Odessaning Primorskiy, Peresipskiy va Kiyevskiy rayonlarida elektr ta’minotida uzilishlar qayd etilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning yordamchilari fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «muhim Odessa portini» nazorat qilish borasidagi istagini qondirishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini aytishgan edi, deb yozadi The New York Times.
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Ukraina hukumati 2014 yil may oyi boshida Odessadagi norozilik namoyishlari va tartibsizliklar chog‘ida o‘lim holatlarining oldini ololmagan, deya qaror qildi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS). O‘t o‘chiruvchilar, politsiya va Ukrainaning boshqa idoralari zo‘ravonliklarning oldini olish yoki to‘xtatmaslik hamda yonib ketgan Kasaba uyushmalari uyidagi odamlarni qutqarish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilmagani tufayli Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyasini buzgan, deb qaror qildi Strasburgdagi sud 13 mart kuni.
Bundan tashqari, ushbu hodisalar yuzasidan samarali tekshiruv tashkil etilmagan va o‘tkazilmagan, deyiladi qarorda. Sudyalar bir ovozdan Ukraina inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining yashash huquqini mustahkamlovchi 2-moddasini buzgan, degan xulosaga kelishdi. Bir arizachiga nisbatan shaxsiy va oilaviy hayotni hurmat qilish huquqi to‘g‘risidagi 8-modda buzilganligi aniqlandi.
Mavzuga oid

10:25 / 22.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda dronlarda innovatsion xizmatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

11:41 / 12.03.2025
Dnipro dronlarning yirik hujumiga uchradi

13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi

15:03 / 04.03.2025