Jamiyat | 17:00 / 21.03.2025
1367
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida

Paynet kompaniyasi 2024 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qilib, tahliliy ma’lumotlar va asosiy ko‘rsatkichlarning sezilarli o‘sishi bilan tasdiqlangan ijobiy natijalarni namoyish etmoqda.

Foto: Paynet

Hajm va foydalanuvchilar sonining o‘sishi

E’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 2024 yilda qayta ishlangan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 96 trillion so‘mni tashkil etib, bu 2023 yilning shu ko‘rsatkichidan ikki baravar ko‘p bo‘ldi. Ushbu jadal o‘sish kompaniyaning xizmatlarni takomillashtirish va mijozlar bazasini kengaytirish bo‘yicha maqsadli sa’y-harakatlari tufayli amalga oshirildi.

Tushumning umumiy hajmi 1,1 trillion so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 53 foizga oshdi. Kompaniyaning sof foydasi 282 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 87 foizga o‘sdi. Yil mobaynida kompaniya davlat budjetiga 139 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lovlarini amalga oshirdi.

Paynet mobil ilovasidan faol foydalanuvchilar soni 2,6 millionga yetdi. Bundan tashqari, 2024 yil dekabr oyiga kelib o‘rtacha oylik to‘lov qiluvchi foydalanuvchilar soni 23 milliondan oshdi.

Shuningdek, kompaniya o‘z tarmog‘ini kengaytirib, faol nuqtalar sonini 26 mingtaga yetkazdi. Ushbu yutuqlar Paynet kompaniyasiga O‘zbekistondagi raqamli to‘lovlar bozorida yetakchilik mavqeini mustahkamlash imkonini berdi.

Paynet’ning 2024 yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘ldi. Eng ko‘zga ko‘ringan tashabbuslar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

- yangi to‘lov yechimlarini, shu jumladan P2P o‘tkazmalari, QR-to‘lovlar va kontaksiz to‘lov usullarini ishlab chiqish va ishga tushirish;

- yangi moliyaviy va tijorat tashkilotlari bilan integratsiyalashuv orqali hamkorlik tarmog‘ini mustahkamlash;

- mobil ilovaning funksionalini yangilash, keshbek dasturlarini takomillashtirish va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish;

- kompaniya agentlarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklari tarmog‘ini o‘rnatish va kengaytirishga rag‘batlantirish, bu esa aholi uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi.

2025 yil uchun strategiya

2025 yilda Paynet nafaqat o‘sish sur’atlarini saqlab qolishni, balki moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirishning yangi bosqichiga chiqishni maqsad qilgan. Kompaniyaning asosiy rejalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun to‘lov xizmatlarini raqamlashtirishni chuqurlashtirish;
  • kichik biznes vakillarini to‘lovning raqamli usullaridan foydalanishga, shu jumladan davlat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali jalb qilish;
  • bank agenti sifatida ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
  • ish samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi modellarini ishlab chiqish;
  • mahsulot turlarini kengaytirish va yangi yo‘nalishlarni joriy etish orqali tizim orqali tranzaksiyalar sonini ko‘paytirish.

"2024 yil nafaqat o‘sish va kengayish yili, balki kompaniya tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Paynet o‘z faoliyatining 20 yilligini nishonlamoqda, bu nafaqat barcha xodimlar, mijozlar va hamkorlar uchun muhim yutuq, balki o‘sish va bozordagi mavqeini mustahkamlashning yangi bosqichi hamdir. Biz mijozlarimiz va hamkorlarimizga ishonch uchun minnatdormiz va ishonamizki, 2025 yil O‘zbekistonda to‘lov sanoatini rivojlantirish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratadi," — dedi "Paynet" AJ bosh direktori A.S. Isamuhamedov.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid