O‘zbekiston | 18:32 / 19.03.2025
2011
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston—AQSh munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashilgan.

«Ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yo‘nalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga to‘xtaldik.

Qizg‘in suhbat va qo‘llab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuv davomida iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan, tog‘-kon, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mavzuga oid