Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
Sudya noqonuniy ravishda Ugandadan bir ayolni uyiga olib kelib, uni uy ishlarini bajarishga majburlagan.

Foto: HNP Newsdesk
Oksford qirollik sudi BMT sudyasi Lidiya Mugambeni qullik mehnatidan foydalanish, qo‘rqitish va Buyuk Britaniya immigratsiya qonunchiligini buzish maqsadida fitna uyushtirishda aybdor deb topdi. Bu haqda Britaniya politsiyasi xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Mugambe noqonuniy ravishda Ugandadan bir ayolni mamlakatga olib kelgan va o‘z mavqeyidan va jabrlanuvchining huquqlarini bilmasligidan foydalanib, uni majburiy mehnatga jalb qilgan hamda qo‘rqitgan.
Sobiq sudya ushbu ayblovlarni rad etgan va ayol o‘z xohishiga ko‘ra ishlaganini bildirgan. Mazkur ish bo‘yicha hukm 2 may kuni chiqariladi. Lidiya Mugambe hozirda hibsda saqlanmoqda. Oldinroq BMT bosh kotibi ofisi uni diplomatik daxlsizlikdan mahrum etgandi.
Lidiya Mugambe 2013 yildan beri Uganda Oliy sudi sudyasi hisoblanadi, 2023 yilda u BMTning Xalqaro qoldiq mexanizmi bo‘yicha jinoiy tribunal sudyasi etib tayinlangan. O‘sha yilning o‘zida Mugambe Oksford universitetida yurisprudensiyani o‘rgangan. Fedral oyida esa politsiyaga Lidiya Mugambe Ugandada bir ayolni aldab olib kelgani, uni uyida ishlash va bolalariga qarashga majburlayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mavzuga oid

18:22 / 28.11.2024
Hakerlar Uganda Markaziy bankidan salkam 17 mln dollar o‘g‘irladi

19:03 / 17.06.2023
Ugandada ommaviy qirg‘in: maktabga hujum oqibatida 38 bola halok bo‘ldi

21:04 / 29.03.2022
O‘zbekiston Shomurodovning het-triki evaziga Ugandani mag‘lub etib, «Navruz Sup-2022» g‘olibiga aylandi

16:05 / 17.01.2021