Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi
Ozarbayjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Foto: REUTERS
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina kuni kecha saralash bosqichida 13.266 ball to‘plab, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan joy olgandi.
Boku shahrida o‘tayotgan bugungi final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yo‘nalishida 13.516 ball to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jahon kubogi. Boku, Ozarboyjon.
Ayollar, tayanib sakrash.
1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 13,516
2. Teya Belak (Sloveniya) — 13,366
3. Tyasa Kisselef (Sloveniya) — 13,283
4. Greta Mayyer (Vengriya) — 13,266
5. Samanta Protistxa (Hindiston) — 12,766.
Ma’lumot uchun, Chusovitina sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanaladi. U 1992 yilda Barselonada Birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida kumush medalga ega chiqqan.
49 yoshli afsonaviy sportchi o‘tgan yili oktyabr oyida 2028 yilgi Los-Anjyeles olimpiadasida ishtirok etmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. U jarohati sabab Parijdagi o‘yinlarda ishtirok eta olmadi.
Mavzuga oid

20:50 / 10.06.2024
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi

17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi

22:15 / 09.03.2024
Gimnastikachi Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi

18:46 / 05.03.2024