Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi
Soat 03:00 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochildi.

Foto: Kun.uz
Kecha, 7 mart kuni soat 14:30 da Qamchiq dovonida qalin qor yog‘gani sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan zarur muhofaza tadbirlari natijasida soat 03:00 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochildi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun yopilgach, noqulay ob-havo sharoiti vaqtida yo‘lda qolib ketgan mingga yaqin kishi vaqtincha turar joylarga joylashtirilgan.
FVV, YPX va «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borildi.
FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatildi.