Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bugun, 5 dekabr kuni soat 09:00 dan amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.
Mashq davomida yirik toshlarni xavfsiz tushirish ishlari amalga oshirilib, dovonda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Barcha haydovchilardan tashkil etilgan chora-tadbirlarni to‘g‘ri tushunish, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilish so‘raldi.