2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan
Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yil 2 million nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilgan. Buning uchun tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.
“Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga ko‘maklashadi. “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.
Xuddi shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda – 160 ming nafar, “Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda – 160 ming, “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda – 150 ming, “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida – 144 ming, “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda – 94 ming, “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda – 82 ming, “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarni band etishga ko‘maklashadi.
Shu maqsadda bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.
O‘tgan yili tashkil etilgan “Hamroh” kompaniyasi yangi tizim asosida Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlagan edi. Bu loyihaga ham 100 million dollar ajratilgan.
Mavzuga oid

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

19:03 / 04.03.2025
Prezident bahorda tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

10:53 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi

17:18 / 08.02.2025