Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi
Dovonda shamol tezligi kuchayib, qor bo‘ronlari kuzatilmoqda. Qalin tuman tushib, yo‘lning ko‘rinish chegarasi qisqargan.

Qalin qor yog‘gani sababli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
«Joriy yilning 7 mart kuni soat 15:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.
Dovon qachon ochilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi qo‘shimcha qilingan.
FVV matbuot xizmati ham ayni daqiqalarda vazirlik rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida xabar bergan.
Dovonning bir necha qismida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.
«Gidrometeorologiya markazining 2025 yil 7 martdagi 129-sonli byulleteniga asosan qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Shu sababli bugun, 7 mart kuni soat 15:00 dan A373 „Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon“ avtomobil yo‘lining 137-162 km.lar oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi borligi sababli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi», deyiladi «Qamchiqavtoyo‘l» xabarida.
7 mart tongidan Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘a boshladi. Dovonda shamol tezligi kuchayib, qor bo‘ronlari kuzatildi. Qalin tuman tushib, yo‘lning ko‘rinish chegarasi qisqardi. Havo harorati –4 darajaga tushdi.
YHXX dovon orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

21:37 / 07.03.2025
Toshkent va Andijon shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qatnovi tashkil etildi

20:38 / 07.03.2025
Qamchiq dovoni yopiqligicha qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar

20:43 / 05.03.2025
7–8 mart kunlari yomg‘ir va shamol kutilmoqda

13:12 / 03.03.2025