O‘zbekiston | 14:42 / 05.03.2025
1309
2 daqiqa o‘qiladi

Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Toshkentda reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Qonunbuzilish holatlari qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2025 yilning yanvar va fevral oylari davomida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va monitoring ishlari olib borilganda aniqlangan.

Olib borilgan o‘rganish natijalariga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 30 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, jumladan:

  • COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD MChJ XK,
  • INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT MChJ XK (Pepsi),
  • MAK FOOD SERVIS MChJ,
  • LUMIERI MChJ,
  • TURAN MEDIA MChJ,
  • OQTEPA FOOD SERVICE MChJ,
  • BARATRUM MChJ (SAFIA)ga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilingan.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.

Mavzuga oid