O‘zbekiston | 14:59 / 04.03.2025
1011
1 daqiqa o‘qiladi

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan manfaatdor tomonlarning takliflarini hisobga olgan holda va ularni tayyorlash Dasturiga muvofiq tayyorlanadi hamda har yili 1 noyabrga qadar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etiladi.

Agentlik kelib tushgan takliflar asosida texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihasini tayyorlaydi va takliflar kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • texnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni;
  • quyidagi tartiblar:
  • ularni ishlab chiqish;
  • ekspertizadan o‘tkazish;
  • texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
  • texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va bekor qilish.

Mavzuga oid