Jahon | 08:04 / 03.03.2025
5170
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. 

“Fontanka” xabar berishicha, hodisa 28 fevral kuni Stachek prospektidagi Krasnoselskaya—Kalininskaya metro liniyasi uchun qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. O‘zbekistondan kelgan 34 yoshli muhojir metro quruvchisi bo‘lib ishlagan. U migratsiya ro‘yxatida turgan. 

Quruvchi ekskavator ishdan chiqqach, uni o‘zi ta’mirlashga uringan. Biroq ekskavator kovshi to‘g‘ridan to‘g‘ri uning ustiga tushib ketgan. O‘zbekistonlik migrant olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid