O‘zbekiston | 15:15 / 02.03.2025
2803
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi xususiy maktablarda qancha o‘quvchi tahsil olayotgani ma’lum qilindi

Xususiy maktablarda tahsil olayotganlar soni so‘nggi 7 yilda 8,1 barobarga yoki qariyb 100 ming nafarga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga nisbatan faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida jami 112 093 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga ko‘paygan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha bo‘lgan:

— 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar

— 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar

— 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar

— 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar

— 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar

— 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 64 010 nafar

— 2024/2025 o‘quv yili boshiga – 112 093 nafar

Mavzuga oid