Yangi o‘quv yilidan xususiy maktablarda onlayn dars o‘tilsa, to‘lov miqdori o‘zgaradimi?

Jamiyat 02:02 / 11.06.2020 5083

Mazkur savolga AOKA shtabidagi 10 iyun kungi brifingda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining matbuot kotibi Feruza Madrahimova javob berdi.

Uning aytishicha, Nodavlat umumta'lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiq, o‘qish muddati va shartlari, to‘lov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar ta'lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan nodavlat umumta'lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

Shu sababli nodavlat umumta'lim tashkilotlarida badal to‘lovi turlicha miqdorda belgilanishi mumkin.

«Karantin munosabati bilan 2020 yil 1 sentyabrdan nodavlat umumta'lim tashkiloti tomonidan dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda tashkil etiladigan bo‘lsa, tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada darsni tashkil etish shakli hamda to‘lov miqdorini shunga mutanosib ravishda belgilash yuzasidan tomonlar kelishib olishlari kerak.

Ma'lumki, ayrim nodavlat umumta'lim tashkilotlarida o‘qishdan tashqari ta'lim oluvchilarni ovqatlantirish ham amalga oshiriladi. Yangi to‘lov miqdorini belgilashda ovqatlantirish va ta'lim oluvchi bilan yakka tartibda ishlash xarajatlari chegirib tashlanib, to‘lov miqdori kamaytirilishi mumkin», – deya Madrahimovaning javobi keltirildi «Rasmiy xabarlar» kanalida.

Ko‘proq yangiliklar: