O‘zbekiston | 17:00 / 01.03.2025
4009
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

KUIT talabalari o‘z orzulariga qanday erishyapti?

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida talabalar o‘z orzularidagi kasblarni egallashda ilk qadamlarni tashlashdi. O‘zbekistonning 50 ga yaqin yetakchi kompaniyalari tadbirda talabalarga ish va amaliyot imkoniyatlarini taqdim etdi.

Yarmarka davomida universitetning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar, muhandislarning innovatsion ishlanmalari, rassomlarning ijod namunalari, liboslar dizayni ko‘rgazmalari va loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Mehnat yarmarkasi nafaqat kasbiy muloqot maydoni, balki universitetdagi ijodiy va ilmiy ishlanmalar namoyishi uchun ham ochiq platformaga aylandi. Muhandislarning innovatsion loyihalari, rassomlarning ijodiy ishlari, libos dizayni ko‘rgazmalari va startap taqdimotlari tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Ish beruvchilar talabalarning ijodiy va texnologik ishlanmalarini katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Bundan tashqari, bitiruvchilar uchun samarali CV yozish va intervyudan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha maxsus taqdimotlar ham o‘tkazildi.

“Men Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga prorektor Rod Klark Pauyell taklifi bilan Amerikadan tahsil olish maqsadida kelganman. KIUTda o‘qish shuningdek, Vosiq xalqaro maktabida ishlash imkoniyati berilganidan juda xursandman. Vosiq xalqaro maktabida o‘quvchilarga basketboldan mashg‘ulot o‘taman, bundan tashqari ularga ingliz tilini mukammal o‘rganishlari uchun yordamlashaman. Umuman olganda bu yerdaligimdan juda xursandman. Toshkent Kimyo xalqaro universitetini imkoniyatlar maskani deb bilaman, bu yerda turli mamlakatlardan kelgan talabalar va malakali professor o‘qituvchilar juda ko‘p”, - deydi amerikalik talabalardan biri.

Tadbirning asosiy maqsadi universitet bitiruvchilariga kasbiy yo‘nalishlarini belgilash, ish beruvchilar bilan bevosita uchrashish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

Web-page | Telegram | Facebook | Instagram

Telefon: + 998 78 129 40 40

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid