O‘zbekiston | 22:31 / 28.02.2025
5131
2 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub faoliyati bilan tanishdi

Tashrif davomida «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi «Xalqaro imo-ishora tili» darsida ham qatnashdi.

Foto: Zamin Foundation

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva International inclusive hub — O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-jamoatchilik makoniga tashrif buyurdi.

Qayd etilishicha, xab o‘z faoliyatini inklyuziv professional ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan loyiha bilan boshlagan.

Ziroat Mirziyoyeva xabning rivojlanish strategiyasi, ishga joylashtirish, inklyuziv mahalla loyihalari, ma’lumotlar tahlili asosida o‘quvchining kasbiy yo‘nalishini aniqlovchi raqamli shaxsiy kartasi — LMS platformasi bilan tanishdi, «Xalqaro imo-ishora tili» darsida qatnashdi.

«Samimiy muhitda mehmonlar o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi, ular esa o‘z g‘oyalari va olgan ko‘nikmalari haqida so‘zlab berishdi», — deyiladi xabarda.

Tashrif yakunida mehmonlar hech kimni ortda qoldirmasdan to‘siqlarni yengib o‘tishning ezgu namunasi bo‘lgan «Kundalik hayot teatri» fotoko‘rgazmasi va «Kichkina shahzoda» inklyuziv sahna ko‘rinishidan yorqin taassurot oldi.

Mavzuga oid