Bo‘stonliqda inklyuziv IT oromgohi tashkil etildi 

Jamiyat 16:26 / 31.08.2024 4696

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida respublika inklyuziv oromgohi tashkil etilib, 5 kun davomida turli tadbirlar o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, Chorvoqning xushmanzara sohilida o‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 160 nafar qiziquvchan bola veb-saytlar yaratish, ilovalar ishlab chiqish, tibbiyotda 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashda aerodinamika tamoyillarini chuqur o‘rgangan. 

3000 dan ortiq o‘quvchilar DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design kabi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn tarzda mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.

Oromgohning yopilish kunida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi.

O‘zbekiston birinchi xonimi yoshlarga o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirishni va tanlagan kasblarida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.

Ko‘proq yangiliklar: