Iqtisodiyot | 13:50 / 26.02.2025
7617
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilayotgani aytildi

Statistika agentligi O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilayotganini ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

E’lon qilingan tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab chiqarish soni kamaydi. Bu yil yanvar oyi davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt — 5 660 dona ( o‘tgan yil mos davridagidan 68 foiz ko‘p) bo‘lgan.

Shuningdek, 2025 yil yanvar oyida:

2 765 dona Damas
1 978 dona Kia
1 462 dona Onix
1 334 dona Tracker
802 dona BYD
594 dona Chery
643 dona maxsus yengil avtomobillar 
373 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarildi.

Mavzuga oid