Jamiyat | 08:41 / 26.02.2025
2400
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi

Tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod city turar joy majmuasining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahri FVBga ko‘ra, yong‘in yarim soatda o‘chirilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod city turar joy majmuasining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Poytaxt FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 26 fevral kuni soat 02:18 da Tirsakobod mahallasida qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:46 da qurshab olingan va soat 02:54 da o‘chirilgan.

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid