AFP: Ukraina AQSh bilan resurslar bo‘yicha bitim shartlarini kelishib oldi
Kiyev va Vashington o‘rtasidagi kelishuv matnidan Kiyev 500 milliard dollar to‘lashi va Ukraina tabiiy resurslaridan daromad oladigan jamg‘arma ustidan AQSh to‘liq nazorat o‘rnatishi haqidagi talablar olib tashlandi, deb yozadi OAV.

Foto: AP
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina AQSh ma’muriyati bilan tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv shartlarini kelishib olgan va yaqin kunlarda shartnoma imzolashi mumkin. 25 fevral, seshanba kuni ismini oshkor qilmaslik sharti bilan AFP agentligiga Ukrainaning yuqori martabali mulozimi: «Hozirda hukumat rasmiylari tafsilotlar ustida ishlamoqda» dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kiyev rasmiy delegatsiyaning «kelishuvni imzolash uchun» 28 fevral kuni Vashingtonga tashrif buyurishi imkoniyatini o‘rganmoqda.
Matndan AQShning maxsus jamg‘arma ustidan to‘liq nazorat qilishi haqidagi band olib tashlandi
O‘z navbatida, Ukrainaning «Ekonomicheskaya pravda» nashri o‘z ixtiyoridagi kelishuv loyihasiga tayanib, uning yangilangan versiyasida Ukraina tabiiy resurslaridan tushadigan daromadlar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan Tiklanish investitsiya jamg‘armasi ustidan 100 foiz AQSh nazorati bo‘yicha band yo‘qligini xabar qildi. «Ukraina va AQSh jamg‘armani birgalikda boshqaradi, ammo Qo‘shma Shtatlar o‘z qonunchiligi doirasida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘ladi», deb yozadi nashr.
«Jamg‘arma Ukraina tabiiy resurslari, portlari va resurslar bilan bog‘liq infratuzilmalardan (hatto Ukraina hukumatiga bilvosita tegishli bo‘lgan) daromadning 50 foizini Ukraina iqtisodiyotiga qayta sarmoya kiritish uchun oladi», — deyiladi nashrda.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025