O‘zbekiston | 10:12 / 22.02.2025
1300
2 daqiqa o‘qiladi

Uch hududda 530 mln so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “M-S.B.” MChJ mas’ul shaxslari MChJ binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 300,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan

Shu kabi, Departamentning Samarqandning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.F. “Guliston” MFY hududidagi noturarjoy binosida tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib, 125 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.M. “Kamolot” MFY hududidagi xonadonida isitish pechlarini tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, 119 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid