O‘zbekiston xalq artisti Nafisa To‘xtayeva vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

U O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini «Oltin fond»ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi «Saraxbori Oromijon», «Qashqachai Savti Sabo», «Ey Nazokat» kabi kuylar xalq ma’naviy merosining durdonalariga aylangan.
Kun.uz jamoasi Nafisa To‘xtayevaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.