Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
Toshkent shahri, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlarida valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro J.R. fuqaro B.R.ga jami 15 000 AQSh dollarini 193,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Karmana tumanida fuqarolar J.B. va D.S. 4385 AQSh dollarini 57 mln so‘mga sotgan vaqtida, Qarshi tumanida fuqaro A.S. 3800 AQSh dollarini 49,6 mln so‘mga sotgan vaqtida, Mingbuloq tumanida fuqaro O.A. 3500 AQSh dollarini 45,4 mln so‘mga sotgan vaqtida, Buxoro tumanida fuqaro H.Y. 3100 AQSh dollarini 39,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, hamda Yangiyo‘l shahrida fuqaro Sh.G. 3000 AQSh dollarini 39 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

11:01 / 08.01.2025
2024 yilda O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi

14:02 / 20.12.2024