O‘zbekiston | 18:18 / 17.02.2025
1953
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt hamkorligi bo‘yicha 9 ta hujjat imzolandi

Jumladan, O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qildi.

Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mish’al As-Saboh O‘zbekiston-Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;

- Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- «Aqlli» shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Turizm sohasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;

- Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Mavzuga oid