O‘zbekiston | 11:41 / 16.02.2025
4694
1 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​Samarqandda 2 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Go‘sht tekshirib ko‘rilganda uning iste’molga yaroqsiz ekani aniqlangan va tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Foto: IIB YHXB

Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 14 fevral kunidan 15 fevral kuniga o‘tar kechasi Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namangan-Samarqand yo‘nalishida ketayotgan yuk mashina to‘xtatilib tekshirilganda uning yukxonasida 2 tonna mol go‘shti borligi aniqlangan.

“Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazi”da tekshirilganda, go‘sht iste’molga yaroqsizligi aniqlangan. Shundan so‘ng u belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Mavzuga oid