Tramp o‘zini Maskdan «ajratishga» urinishlar haqida gapirdi
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar «bu borada yomon ish qilyapti» va agar bunday maqolalar muvaffaqiyatli chiqqanida prezident bo‘lmas edi.

Foto: Fox News
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika ommaviy axborot vositalari uni milliarder va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskka qarshi qo‘yishga urinayotganini aytdi. Bu haqda siyosatchi tadbirkor bilan Fox News telekanaliga bergan qo‘shma intervyusida aytib o‘tdi.
Suhbatda dastur boshlovchisi Amerikaning nufuzli nashrlarida Maskning hokimiyatni uzurpatsiya qilib olgani va Trampga ta’siri haqida yozilgan mavzularga to‘xtalib o‘tdi.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, ommaviy axborot vositalari uni tadbirkorga qarshi qo‘yish istagi yaqqol ko‘rinib turibdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar «bu borada yomon ish qilyapti». Trampning fikricha, agar bunday maqolalar muvaffaqiyatli chiqqanida prezident bo‘lmas edi.
«Men buni har doim ko‘ryapman. Darhaqiqat, Ilon menga qo‘ng‘iroq qildi va: «Ular bizni ajratmoqchi», dedi. Men: «Mutlaqo [to‘g‘ri]», dedim», dedi Tramp.
Intervyuda AQSh prezidenti va Mask Amerika fuqarolari aqlli ekanini aytib, prezident ma’muriyati va DOGE federal hukumatning keraksiz xarajatlarini kamaytirish uchun birgalikda ishlayotganini tushunishlarini ta’kidladi.
Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga qariyb 75 million dollar xayriya qildi va bu uni saylov davrining eng yirik donorlaridan biriga aylantirgan edi. Shuningdek, u bir necha bor siyosatchini qo‘llab-quvvatlovchi mitinglarda so‘zga chiqqan va unga muhabbatini tan olgan.
Tramp hokimiyatga kelganidan keyin Mask hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari etib tayinlandi.
2024 yil dekabr oyida The Washington Post Maskni «xufyona prezident» deb atadi. 2025 yil fevral oyida TIME jurnali AQSh prezidentlik kursisida o‘tirgan Mask tasvirlangan muqova bilan chiqdi.
Mavzuga oid

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

01:10