Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
13 fevral kuni soat 14:38 da Olmazor tumani, Usta Shirin berk ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 14:42 da yetib borib, yong‘in soat 14:46 da qurshab olinib, soat 14:50 da o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda

09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

12:17 / 11.02.2025
Salkam 580 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

14:00 / 08.02.2025