TSAHAL G‘azo sektori hududida jangovar shay holatga keltirildi
Hamas isroillik garovga olinganlarni topshirishni to‘xtatib qo‘yishini e’lon qilganidan keyin Isroil mudofaa kuchlari to‘liq shay holatga keltirildi.

Foto: Lisi Niesner / Reuters
Hamas harakatining isroillik garovga olinganlarni topshirishni to‘xtatish haqidagi bayonoti ortidan Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda 10 fevral, dushanba kuni mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi va Hamasning qarorini tomonlar ilgari erishgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini «butunlay buzish» deb atadi.
G‘azo sektori hududi mudofaa uchun qo‘shimcha kuchlar bilan mustahkamlangan, askarlar va qo‘mondonlik bo‘linmalarining ta’tillari kechiktirildi va kuchlar turli ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, dedi TSAHAL matbuot kotibi.
Avvalroq Hamas rasmiylari 15 fevralga rejalangan garovga olinganlarni Isroilga topshirishni sulhga rioya qilinmagani sababli keyinga qoldirishini ma’lum qilgan edi. Isroil tomonidan taxmin qilingan qonunbuzarliklar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: falastinliklarning G‘azo sektori shimoliga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik, chodirlar, yoqilg‘i, dori-darmon va vayronalarni tozalash uchun jihozlarning kirishiga to‘sqinlik qilish.
BMT Trampning falastinliklarni ko‘chirish rejasini noqonuniy deb topdi
AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorida yashovchi falastinliklarni ko‘chirish rejasi xalqaro qonunlarga ziddir. Bu fikrni BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tuzilgan Falastin hududi bo‘yicha mustaqil komissiya raisi Navi Pilley 9 fevral kuni chop etilgan Politico nashriga bergan intervyusida bildirdi.
«Tramp xalqaro huquq masalalarini nihoyatda yomon tushunadi. Bosib olingan hududda yashovchi bir guruh odamlarni majburan ko‘chirish xalqaro huquq normalarini buzish hisoblanadi va etnik tozalash bilan barobardir», — deydi u. Pilleyning fikricha, Trampning G‘azo sektoridan falastinliklarni ko‘chirish va uni AQShga topshirish g‘oyasini amalga oshirishning «qonuniy yo‘li» yo‘q.
Ruandadagi genotsid ishini ko‘rgan sobiq Xalqaro jinoiy sud (XJC) va maxsus sud sudyasi Pilley Trampning Amerika fuqarolari va AQShning Isroil kabi ittifoqchilariga nisbatan tergov harakatlari tufayli XJS rasmiylariga nisbatan sanksiyalarini qoraladi. «Xalqaro huquq ikki tomonlama standartlarsiz, davlatning do‘stlariga nisbatan bir xilda amal qiladi», dedi Pilley.
Mavzuga oid

12:50 / 06.03.2025
Isroil armiyasiga yangi qo‘mondon tayinladi va G‘arbiy sohildagi amaliyotlarni faollashtirdi

22:23 / 19.02.2025
Ispaniya va Misr G‘azo sektoridagi falastinliklarning ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

17:06 / 17.02.2025
HAMAS Misr bosimidan so‘ng G‘azoni Falastin ma’muriyatiga berishga rozi - OAV

08:31 / 09.02.2025