Salkam 580 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Namangan viloyatida 579,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan oilaviy korxona fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya”.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “A.A.S.B” oilaviy korxonasiga qarashli oshxonada gaz ta’minoti bilan shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 579,7 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Mavzuga oid

14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda

09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

14:14 / 22.02.2025