Qozog‘iston FVV yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qildi
Qo‘stanay viloyatining Adayevka qishlog‘i hududida mikroavtobus buzilib qolgan. Unda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. Qutqarilganlarning 4 nafari bolalar.

Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarildi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 fevral kuni tongda Qo‘stanay viloyatining 112-dispetcherlik xizmatiga yo‘lovchilari bo‘lgan mikroavtobus Adayevka qishlog‘idan 30 kilometr uzoqlikda to‘xtab qolgani haqida xabar kelib tushgan. Transport vositasi nosozlik tufayli harakatini davom ettira olmagan.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Jarayonda 24 kishi, jumladan 4 nafar bola eng yaqin isinish joyiga evakuatsiya qilingan. Qutqarilganlar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
Shuningdek, to‘xtab qolgan mikroavtobus ham aholi punktiga tortib borilgan. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.
Mavzuga oid

13:39
Namanganda qurollangan xodimlar fuqarolarning xonadonlarida tintuv o‘tkazdi – bu Konstitutsiya va qonunlarga zid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi

19:26 / 04.03.2025