Bojxona qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
«Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan G‘ayrat Nosirov bojxona raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi G‘ayrat Nosirov bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar G‘ayrat Nosirov «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilxom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda o‘z xizmatini davom ettiradi.
Ilhom Muxtorov bundan oldin Davlat bojxona qo‘mitasi Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan. U 2020 yil yanvarida prezident tomonidan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan edi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi

21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi

21:58 / 20.05.2024
Bojxonachilar qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatishdi

15:56 / 17.02.2024