Jahon | 14:10 / 10.02.2025
1935
3 daqiqa o‘qiladi

YeK rahbari: Yevropa Ittifoqi mudofaani o‘z qo‘liga olishi kerak

«Yevropa Ittifoqi miqyosida mudofaani kuchaytirish zarur», dedi fon der Lyayyen Boltiqbo‘yi mamlakatlarini YeI energiya tizimiga ulashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Foto: Philipp von Ditfurth / dpa / Global Look Press

Yevropa Ittifoqi o‘z xavfsizligi va mudofaasini «o‘z qo‘liga olishi» vaqti keldi. Bu haqda Boltiqbo‘yi davlatlari elektr energiyasi tizimini kontinental Yevropa tizimi bilan sinxronlashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Fon der Lyayyenning so‘zlarini 9 fevral, yakshanba kuni YeK matbuot xizmati keltirdi.

«Biz Yevropa Ittifoqi bo‘ylab mudofaani kuchaytirishimiz kerakligi aniq», — deya ta’kidladi fon der Lyayyen va NATO davlatlari orasida yalpi ichki mahsulotiga nisbatan mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan Estoniya, Litva, Latviya va Polshani misol qilib keltirdi.

Zamonaviy davrda urush olib borish katta chaqiriqlar, texnologik vazifalar va muvofiqlashtirish bilan bog‘liqdir, deya qo‘shimcha qildi u. Mamlakatlar yolg‘iz o‘zi bunga dosh bera olmaydi, deb ta’kidladi YeK rahbari.

«Biz «Ukraina 2.0»ni xohlamaymiz»: Yevropa Ittifoqi Rossiyadan himoyalanishga tayyorlanmoqda

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining uch yilligi arafasida va uning AQSh bilan kelajakdagi munosabatlariga oid noaniqlik fonida Yevropa Ittifoqi mudofaa bo‘yicha norasmiy sammit o‘tkazmoqda. 3 fevral kuni Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi rahbariyati va NATO bosh kotibi Bryusselda uchrashib, norasmiy ravishda kelajakni muhokama qilishdi: Yevropa qit’asi uchun qanday qilib yaxshiroq himoya va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha.

Sammit ishtirokchilari Yevropa Ittifoqining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha ichki chora-tadbirlar haqida gapirgan bo‘lsa-da, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi yuzasidan tashqi siyosat mavzusi barcha muhokamalarda qizil ip kabi o‘tdi.

Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo uchrashuv oldidan: "Biz hammamiz Rossiya tahdid ekanini tushunishimiz kerak", dedi. «Rossiya Yevropa davlatlari, Yevropa Ittifoqi uchun doimiy tahdid bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu fikr emas, bu haqiqat», — deya qo‘shimcha qildi u. Shuning uchun Yevropa Ittifoqining har bir davlati mudofaa uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga tayyor bo‘lishi kerak, deydi Orpo.

Mavzuga oid