Jamiyat | 08:48 / 10.02.2025
5351
1 daqiqa o‘qiladi

Isitishda rezina shinalardan foydalangan issiqxonalar jarimaga tortildi

Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 ta issiqxonaga nisbatan jarima qo‘llandi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Milliy gvardiya va IIV xodimlari bilan birgalikda 8 fevral kuni tungi vaqtda Toshkent viloyatidagi 39 ta issiqxonada ekologik nazorat tadbirlari olib borildi. 

Ekologiya vazirligi xabar berishicha, tadbir davomida Toshkent tumanida 13 ta, Qibray tumanida 10 ta, Zangiota tumanida esa 16 ta issiqxona faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida ayrim issiqxonalarda isitish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi vositalar, xususan, rezina shinalardan foydalanilayotgani aniqlandi. 

Natijada Toshkent tumanida 1 ta, Qibrayda 5 ta, Zangiotada esa 2 ta issiqxonaga nisbatan jarima qo‘llandi.

Mavzuga oid